Bu darslikda…….
1. IQLIM O'ZGARISHIGA KIRISH DARS REJASI
Ushbu qisqa darslar seriyasida o’quvchilar iqlim o'zgarishining haqiqiyligini, uning inson va tabiiy tizimlarga ta'sirini, iqlim o’zgarishiga yechimlar va qanday harakat qilishlari mumkinligini anglashadi. Ular, shuningdek, iqlim o'zgarishiga ijobiy yondashishni baholash hamda optimizmning haqli yoki haqsiz ekanligi to'g'risida dalil yaratishadi.
Umumiy ma'lumotlar
Davomiyligi: Uchta dars. Har bir dars bir yoki ikki marta 50 daqiqa davom etishi mumkin.
O'qish maqsadlari
Iqlim o'zgarishi murakkab muammo ekanligini, inson harakatlari tomonidan shakllantirilganligini, hamda is gazlarining chiqarilishini nazorat va kamaytirish bo'yicha turli yondashuvlarni talab etishini tushunish.
Iqlim o'zgarishining turli inson va tabiiy tizimlar ustida to'g'ridan-to'g'ri va bevosita ta'sirlarining keng qamrovli tushunchasini ko'rsatish.
Iqlim o'zgarishini chuqurroq tushunish uchun turli manbalarni tahlil qilish va tanqidiy ko'rish orqali mazmunli so'rovda ishtirok etish.
Iqlim o'zgarishiga duch kelganda ijobiy yondashuv uchun tadqiqot o'tkazish va baholash.
Manba: OER Project tomonidan o’zbek tiliga tarjima qilish huquqi asosida.